Jild 1 № 1 (2026)
Renaissance of Universal Mind xalqaro ilmiy jurnali ilm-fan, ta’lim, texnologiya va innovatsiyalar sohalaridagi dolzarb ilmiy tadqiqotlarni yoritishga qaratilgan nashr hisoblanadi. Jurnal sahifalarida mahalliy va xorijiy olimlar, tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar hamda mustaqil izlanuvchilarning ilmiy maqolalari e’lon qilinadi.
Mazkur sonda muhandislik, axborot texnologiyalari, pedagogika, iqtisodiyot, tabiiy fanlar, texnika va boshqa yo‘nalishlardagi zamonaviy ilmiy ishlanmalar hamda amaliy tadqiqot natijalari jamlangan. Nashr ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy natijalarni ommalashtirish va xalqaro ilmiy muloqotni kengaytirishga xizmat qiladi.
Tahririyat jamoasi barcha mualliflar, taqrizchilar va hamkorlarga minnatdorlik bildiradi hamda ilmiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.